Konfederatsiyalar kubogining yarim final ikkinçi juftlik bahslarida Germaniya va Meksika terma jamoalari final yöllanmasini qölga kiritiş uçun kuraşdi. Soçidagi "Fişt" stadionida keçgan öyin Germaniyaning yirik ğalabasi bilan yakunlandi.
Dastlab 6- va 8-daqiqalarda Gorettska ikki gol urib, jamoasini oldinga olib çiqqan bölsa, 59-daqiqada Verner oradagi farqni yirik körinişga olib keldi. Öyin tugaşiga bir daqiqa qolganida Fabian meksikaliklarning yagona goli kiritdi. Uçraşuvga qöşib berilgan vaqtda Yunes gol kiritib, yakuniy 4:1 hisobni örnatdi.
Germaniya terma jamoasi finalda Çiliga qarşi maydonga tuşadi. Öyin 2 iyul kuni bölib ötadi.
Germaniya – Meksika 4:1
Gollar: 1:0 – 6 Gorettska, 2:0 – 8 Gorettska, 3:0 – 59 Verner, 3:1 – 89 Fabian, 4:1 – 90+1 Yunes.
Germaniya – ter Stegen, Xektor, Ginter, Ryudiger, Xenrixs, Gorettska (Jan, 67), Kimmix, Rudi, Draksler (Yunes, 81), Verner, Ştindl (Brandt, 79).
Meksika – Oçoa, Moreno, Layyun, Arauxo, Alanis, Akino (Losano, 46), Dos Santos (Markes, 67), Errera, Ximenes, Ernandes, dos Santos (Fabian, 63).
Ogohlantirişlar: Ximenes (55), Jan (72).












