Bugun, 1 iyul kuni Özbekiston milliy valyutasi – sömning muomalaga kiritilganiga 23 yil böldi.

Sömning muomalaga kiritilişi Özbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini taşkil etiş hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega böldi. Milliy valyuta pul belgilarini muomalaga çiqariş va uning barqarorligini ta'minlaşni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oşiradi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi va “Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari töğrisida”gi Qonunning 11-moddasi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993 yil 3 sentabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boşlab, Özbekiston Respublikasi hududida qonuniy tölov vositasi bölgan milliy valyuta — “söm“ muomalaga kiritildi.

Öşanda 1, 3, 5, 10, 25, 50 sömlik qoğoz banknotalar hamda 1, 3, 5, 10, 20 va 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan edi. 1997 yilning 1 martidan 200 sömlik banknota hamda 1, 5 va 10 sömlik tangalar muomalaga kiritildi. 2000 yilning 1 iyunidan 500 sömlik, 2001 yilning 1 sentabridan esa 1 000 sömlik banknotalar joriy qilindi.

2005 yilning 1 iyulida valyutaning 10 yilligi munosabati bilan 100 sömlik tanga iste'molga kiritildi. 2011 yilning 1 sentabrida esa 20 yillik munosabati bilan 500 sömlik tanga zarb qilindi.

2013 yilning 1 iyulidan – 5 000 sömlik banknota muomalaga kiritildi.

Bundan taşqari, 1999 yil 20 oktabrdan Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi munosabati bilan 25 sömlik, 2002 yil 1 noyabrdan Şahrisabz şahrining 2700 yilligiga bağişlab 50 sömlik, 2009 yil 1 sentabrdan Toşkent şahrining 2200 yilligi munosabati bilan ikki xil körinişdagi 100 sömlik metall tangalar muomalaga kiritilgan.

Va nihoyat 2017 yilning 20 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengaşining «Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 sömlik banknotlarning çiqarilişi töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga köra, joriy yilning 10 martidan qiymati 10 000 sömga teng  banknotlar muomalaga kiritildi.