"Yurtimizda bayramlar köp, lekin yoşlarga bağişlangan alohida bayram yöq. Bugun şu masalani ham hal etadigan vaqt keldi, - dedi Özbekiston Prezidenti "Kamolot" qurultoyida.
"Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoşlar kuni deb e'lon qilsak, qanday böladi?, - deya taklif bildirdi Şavkat Mirziyoyev.
"Haqiqatan ham, biz, ota-onalar, ustoz va murabbiylar sizlarni, butun Özbekiston yoşlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvçi kuçi deb bilamiz va sizlar hamişa xalqimizning mana şunday yuksak işonçiga munosib bölasiz, deb işonamiz.
Sizlarga yaxşi ma'lum, hozirgi vaqtda yurtimizda “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan şior keng tarqalib, hayotimizga tobora çuqur kirib bormoqda. Lekin Özbekistonimizning mana şunday yoruğ va farovon istiqbolini bunyod etişdek mas'uliyatli vazifani kim öz zimmasiga oladi?
Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusi bilan yaşaydigan siz, aziz yoşlarimiz maydonga dadil çiqib, bugungi kunda hayotning özi oldimizga qöyayotgan vazifalarni hal etişga qodirsiz.
Mana şunday uluğ maqsadga erişiş yölida, Özbekiston yoşlar ittifoqini tom ma'noda mamlakatimizdagi barça yoşlarning tayançi va suyançiga aylantiriş yölida sizlarga sihat-salomatlik, kuç-ğayrat, baxt va omad yor bölişini tilab qolaman", - deya sözlariga yakun yasadi Prezident.

















