Özbekiston yoşlar ittifoqi davlat va jamiyat uçun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan öziga xos markaz bölişi, zamonaviy tilda aytadigan bölsak, yoşlar uçun “sotsial lift” vazifasini bajarişi kerak. U bilimli, taşabbuskor va taşkilotçi, fidoyi yoş rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratişi kerak. Prezident Şavkat Mirziyoyev "Kamolot"ning navbatdagi qurultoyida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Şu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşida Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş institutini taşkil etiş zarur.
Boş vazir A.Aripov, Davlat maslahatçisi U.Ismoilov va akademiya rektori R.Qosimovga bir oy muddatda şu masala yuzasidan tegişli qaror loyihasini tayyorlab, tasdiqlaş uçun kiritiş vazifasi topşiriladi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkilotlarida özini ijobiy jihatdan körsatgan xodimlar Davlat boşqaruvi akademiyasida bilim va malakasini oşirib, hokimlik va vazirliklar tizimida rahbarlik lavozimlari uçun asosiy nomzodlar qilib tayyorlanişi kerak. Bunday tajriba ilgari ham bölgan va yaxşi natija bergan edi", - deya ta'kidladi davlat rahbari.
















