Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya maxsus xizmatlarini davlat muassasalari, obektlari, moliya, energetik transport sohasi va boşqa xususiy korxonalarga Petya virusi yordamida kiberhujumni amalga oşirilganlikda aybladi.

«Xalqaro viruslarga qarşi kompaniyalar bilan özaro aloqalar doirasida olingan ma'lumotlarga köra, hodisaga 2016 yilning dekabrida Ukraina moliya tizimi, transport va energetika obektlariga «TeleBots» hamda «Blackenergy» ŞPZlaridan foydalangan holda hujum qilgan xakerlik guruhlari aloqador. Bu uşbu hujumga Rossiya maxsus xizmatlari aloqador ekanini körsatadi», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Ukraina xavfsizlik xizmatining ta'kidlaşiça, kiberhujum paytida payqalgan amaliy buxgalterlik dasturiy ta'minotidan foydalaniş avval faqatgina Şimoliy Koreya tomonidan uyuştirilgan xakerlar hujumida uçragan.

Ukraina hukumati kompyuterlari kiberhujumga uçradi