Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi eng badavlat shaxslardan biri prezident bo‘lmoqchi
“Respublika Ota Yurt” partiyasi qurultoyi parlamentdagi muxolifat yetakchisi, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov nomzodini mamlakat prezidentligi uchun ilgari surdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 15 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi prezidenti Almazbek Atamboyev o‘z lavozimini tark etmoqda. Bugungi kunda Qirg‘iziston MSKga saylov poygasida ishtirok etish borasida 11 kishi murojaat qilgan.

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Omurbek Babanov. Foto: RIA "Novosti"
“Respublika Ota Yurt” partiyasi yetakchisi, 47 yoshli Babanov – respublikadagi eng badavlat shaxslarning top-100ligiga kiruvchi tadbirkor. U inqirozlarga qarshi kurashuvchi menejyer sifatida tanilgan. Xabarlarga ko‘ra, u mamlakatda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishi, ish o‘rinlarini yaratishi va respublikaga xorijda ishlovchi yuz minglab mehnat migrantlarini qaytarishi mumkin.
"Rossiya bizga shunchaki do‘stona davlat emas. Bu bizning strategik sherigimiz, biz tarixan birga bo‘lganmiz va kelajakda ham birga bo‘lamiz”, - degan Babanov. Uning ta'kidlashicha, samarali tashqi siyosat tarafdori - "bizga nafaqat davlatimiz ichidagi, balki chegaralarimizdagi tinchlik ham kerak".
Ma'lumot uchun, Babanov Qirg‘izistondagi 2010 yilning aprel inqilobi yetakchilardan biri bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026