Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning ma'lum qilişiça, respublika fuqarolariga inqiloblar, demokratiya va inson huquqlardagi çayqovçilik kerak emas.
Lukaşenkoning belaruslarga Mustaqillik Kuni munosabatida bilan yöllagan tabrigida aytilişiça, “sönggi yillarda köp narsalar özgardi: mamlakat ham, unda yaşovçi kişilar ham, biroq har birimizning erkin va tinç davlatda yaşaş istagimiz özgarişsiz qoldi”.
"Belaruslarga ağdar-töntarliklar, uruş va inqiloblar, demokratiya hamda inson huquqlaridagi çayqovçilik kerak emas. Bizda vaqt bilan töğriligi isbotlangan ideallar hamda qadriyatlar bor, va şuning uçun heç kimga boşqa narsani tiqiştirişlariga yöl qöymaymiz", - deyiladi davlat rahbari saytida joylaştirilgan tabrik matnida.
Uning ta'kidlaşiça, "XXI asrdagi Belarus – özining mustaqil rivojlaniş yölidan barqaror ketayotgan davlatdir".
"Bizning mamlakatda tinçlik va tartib-intizom bor. Belarus xalqi birdam, uni Vatanni mustahkamlaş haqida qayğuriş hamda bu maqsadga erişiş yölidagi halol mehnat birlaştirib turadi", - deya qöşimça qilib ötdi prezident.












