«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messi töyiga kelgan mehmonlarga sovğa berişdan köra, özi taşkil qilgan xayriya fondiga mablağ ötkazib berişlarini söragan. Bu haqda Goal.com internet-naşri xabar tarqatdi.
30 yoşli futbolçi 2009 yilda soğliqni saqlaş, ta'lim va sport sohasida bolalarga kömaklaşiş maqsadida uşbu xayriya fondini taşkil qilgandi.
Messining töyi bugun, 30 iyun kuni Argentinaning Leo tuğilib ösgan Rosario şahrida bölib ötadi. Messi ikki farzandining onasi bölgan Antonella Rokkutstsoga rasmiy ravişda uylanmoqda.











