Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va OAV Moskva shahri hamda Moskva viloyatidagi anomal shtormga "asr jalasi" va shunga o‘xshash nomlar berishdi.
Yashin urishi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi. Poytaxt FVVda 1 iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 3:00 gacha mintaqada kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq, do‘l va shamol bo‘lishidan ogohlantirishdi.
Moskvaliklar uylaridan turib olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bilan bo‘lishishdi.
























