“Odnoklassniki” qöşimça dasturlarsiz töğridan-töğri kompyuterdan translyatsiyani amalga oşiriş imkonini taqdim etdi. Efir noutbuk yoki kompyuter veb-kamerasidan uzatiladi. Brauzerdan töğridan-töğri efirga uzatiş imkonini Rossiyaning ijtimoiy tarmoqlari orasida “Odnoklassniki” birinçi bölib yölga qöydi.
Jonli efirni boşlaş uçun foydalanuvçi Video > Efir > Veb-kamera bölimiga kirişi kerak. Ayrimlari foydalanuvçilar esa OKning asosiy sahifasida jonli efirni işga tuşiriş uçun maxsus örnatilgan tugmadan foydalanişni boşladilar. Şundan söng efir nomini, uning ta'rifini kiritişingiz, unga muqova tanlaşingiz va efirni boşlaşingiz mumkin böladi. Efir paytida uning egasi çat orqali tamoşabinlar bilan suhbatlaşişi, “klass”lar va izohlar olişi mumkin böladi. Brauzer orqali olib borilayotgan jonli efirlar döstlaringiz va obunaçilaringiz tasmasida, ok.ru/live strimlari xaritasida, eng maşhurlari esa OK Live strimlari topiga çiqadi. Video işlovdan söng foydalanuvçining akkauntida saqlab qolinadi.

Hozirça foydalanuvçilar uçun faqatgina noutbukka yoki kompyuterga örnatilgan yoki taşqi veb-kamera orqali suratga oliş imkoniyati mavjud. Ekranlardan öyin yoki ilovalardan jonli efir olib beriş esa qöşimça dasturlar orqali amalga oşiriladi va Video > Efir > Ilova bölimida sozlanadi.

Jonli efirlar “Odnoklassniki”da 2015 yilda paydo bölgan. Sönggi yarim yilda jonli efirlarni tomoşa qiliş ön baroborga ösgan. Bunga smartfondan jonli efir olib boriş imkonini beruvçi OK Live ilovasi tufayli erişildi. Bugungi kunga kelib foydalanuvçilar, brendlar va ijtimoiy tarmoq hamkorlari tomonidan işga tuşiriluvçi jonli efirlar sutkasiga 20 million tomoşagaça yetmoqda. Translyatsiya qizğin paytlarda esa uni bir vaqtda 1 mln tomoşabin kuzatadi.











