2017 yilning 16 iyun kuni taxminan soat 04:30larda Hasan Sultanov Olmazor tumani hududida, fuqaro Mahmud Töxtamatovning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) xonadoni balkoniga ğayriqonuniy ravişda kirib, unga tegişli bölgan velosipedini öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.











