Toşkent arxitektura-quriliş institutining “Quriliş mexanikasi va inşootlar seysmobardoşligi” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Qobul Abduraşidov 18 ta kitob va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Professor Gazeta.uz bilan suhbatda bir qator qiziq savollarga javob qaytardi.

Foto: Gazeta.uz

Uning aytişiça, zilzilalarni avvaldan başorat qilişda forşoklar muhim örin tutadi. Biroq bugungi kunda yer silkinişini aniq başorat qiliş imkonsiz, hamda buning uzoq muddatli istiqbolda imkoniyati bölmaydi. Zilzila jarayonining özi juda murakkab jismoniy hodisa bölib, uni modellaştiriş muşkul. Şu bilan birga, tabiiy ofatlar statistikasi tahlili zilzilalar soni köpayib borayotganini körsatdi. Bu seysmik faollikni modellaştiriş, başorat va monitoring qiliş böyiça maksimal darajada samarali uslublarni işlab çiqişni talab etadi. Yaponiya, Italiya, Gretsiya va AQŞda yuzlab laboratoriya hamda ilmiy markazlar bu muammo ustida işlamoqda.

Professorning sözlariga köra, XXI asrda yirik şaharlar va aholi ziç joylaşgan mintaqalardagi kuçli zilzilalar barqaror rivojga tahdid sanaladi. Ayniqsa u demografik ösiş, urbanizatsiya, infratuzilmalar ziçlaşişi hamda yirik inşootlarning köpayişi tufayli katta xavf tuğdiradi. 

Ma'lum qilinişiça, Özbekiston seysmik faol hudud hisoblanib, yuqori seysmik xatar zonasida joylaşgan. Bundan taşqari, mamlakat aholisining 80 foizga yaqini seysmik xatar zonasida yaşaydi. Köplab yirik sanoat obektlari Farğona vodiysi, Toşkent şahri, Toşkent va Samarqand viloyatlaridagi seysmik xavfga ega zonalarda joylaşgan.

Foto: Gazeta.uz

Uning aytişiça, seysmik stansiyalar işi sifati va sonini jiddiy öylab köriş kerak. Bu stansiyalardagi uskunalarning aksariyati eskirgani aytildi.

“Bizning davlat uçun fuqarolik va sanoat obektlari, jumladan turar joy uylari seysmobardoşligini yaxşilaş muhim vazifa sanaladi. Afsuski, sönggi 10-15 yilda iqtisodiyotimizning arxitektura-quriliş sohasida bunday körsatkiçlarning yomonlaşişi kuzatilmoqda. Turli konstruksiyalar va binolarni loyihalaştiriş hamda qurişda seysmobardoşlik ikkinçi darajaga qöyilmoqda. Binolar hamda boşqa inşootlar seysmobardoşligini baholaş böyiça aniq, samarali tizim hamda javobgar taşkilotlar bölişi lozim. Bu ehtimoliy kuçli zilzilalardan xavfli buzilişlar xatarlarni samarali boşqariş imkonini beradi”, - deydi Qobul Abduraşidov.