AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilgan.

«Prezident Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan telefon orqali köp masalalarni muhokama qildi, jumladan  Fors körfazida yuzaga kelgan ziddiyat mavzusini», — deya bayonotdan parça keltirilgan ABC xabarida.

Şuningdek, Tramp AQŞ uçun ittifoqçilarning «terrorizmga qarşi kuraşdagi hamkorligi» muhim ahamiyatga egaligini qayd etib ötgan.

29 iyun kuni Qatar TIV rahbari Muhammad ibn Abdul Rahmon Ol Soniy Vaşingtondagi çiqişi vaqtida öz mamlakati arab davlatlari bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.