Twitter mikrobloglar tarmoği foydalanuvçilarga işonçsiz, notöğri yoki zararli ma'lumotni belgilaş imkonini beruvçi funksiyaning qöşilişi kutilmoqda. Bu haqida kompaniyadagi ikki manbasiga asoslanib, Washington Post xabar berdi. Ma'lum bölişiça, funksiya hozir test sinovi bosqiçida.
Twitter öz platformasida tarqalayotgan soxta yangiliklar tufayli köplab muammolarga duç kelmoqda. Bundan taşqari, ekstremistlar mikrobloglar tarmoğidan jalb qiliş quroli sifatida foydalanmoqda.
"Prezidentlik saylovlaridan keyin, tanqidçilar va tadqiqotçilar ijtimoiy tarmoqlarning ommaviy debatlarga salbiy ta'siriga işora qilgan bir vaqtda bu muammolar yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boşladi", - deyiladi xabarda.
Pew tadqiqot markazi tomonidan ötkazilgan sörovnoma ma'lumotlariga köra, AQŞ katta yoşli aholisining uçdan ikki qismi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soxta yangiliklar "katta çalkaşliklar"ni yuzaga keltirganini ta'kidlaşmoqda.
Twitter matbuot kotibi Emili Xornning aytişiça, kompaniyaning bu funksiyani işga tuşiriş böyiça joriy rejalari yöq. "Bu optsiya hozir sinovdan ötkazilmoqdami?" degan savolga Xron javob bermadi. U Twitter öz resurslari va personalini kengaytirayotganini qöşimça qildi, lekin tafsilotlarga töxtalişdan boş tortdi.













