O‘zbekiston Jahon banki hisobotida islohotchi mamlakatlar top o‘ntaligidan joy oldi
30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.
Joriy yilning shu kuniga qadar ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 20 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Farmoni va qarorlari hamda 25 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Mazkur hujjatlarga muvofiq, mikrokreditlash uchun qamrab olinadigan shaxslar orasida ustuvor kontingentlar hisoblangan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan jismoniy shaxslar, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan band bo‘lmagan fuqarolar, oilaviy va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan aholi, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tavsiyanomalari bo‘yicha ishga joylashishga ehtiyojmand bo‘lgan boshqa shaxslar mikrokreditlar summasi EKIHning 200 barobarigacha asosiy qarzni to‘lash uchun 6 oylik imtiyozli muddat bilan 3 yilgacha, yaratgan yangi ish joyi soniga qarab 6 foizdan 9 foizgacha kredit olish huquqlariga ega bo‘lishdi.
Tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el hukumatlari tomonidan keng e'tirof etilmoqda.
Xususan, Jahon bankining «Biznesni yuritish 2016» hisobotida O‘zbekiston biznesni yuritish uchun eng qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha top 10 islohotchi mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?
Jamiyat | 09:05
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi
Jahon | 09:04
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi
O‘zbekiston | 08:50
Mavzuga oid

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

10:41 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi

18:12 / 07.03.2025