Şimoliy Koreya Tinçlik qömitasi vakili Janubiy Koreyadagi BMT qömondonligini tarqatib yuborişni talab qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Manbaga köra, 1957 yilning iyulida Qöşma Ştatlari Janubiy Koreyaga BMT qömondonligi doirasida özining Uzoq Şarqdagi qöşinini "sudrab kirgan" va NATOning osiyoça variantini tuzişga uringan.

"Koreya yarim orolida va Osiyo-Tinç okeani mintaqasida na tinçlikni saqlab qoliş va xavfsizlik nuqtai nazaridan, na BMTning xalqaro taşkilot sifatidagi nufuzini qayta tiklaş nuqtai nazaridan BMT qömondonligiga hojat yöq", - deyiladi bayonotda. 

Şu bois KXDR AQŞ zudlik bilan "BMTning noqonuniy qömondonligini tarqtiş"i kerakligini ta'kidlagan.