1 iyul kuni Özbekistonning barça oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan taşqari) magistratura yönalişlariga qabul komissiyalari iş boşladi. «Xushnudbek.uz» sayti magistratura imtihonlariga va qabul jarayoniga kiritilgan özgarişlar haqida yozdi.

Joriy yilda magistraturaga 5 ming talaba, şundan 1556 nafari davlat granti, 3444 nafari esa tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinişi belgilangan. Magistraturada umumiy kvotalar soni ötgan yilgiga qaraganda özgarmagan.

20 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan «Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi yangi nizom tasdiqlangan edi. Nizomga binoan, qabul jarayonlariga ayrim özgarişlar kiritildi.

Şunga köra, magistraturaga quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kiriş sinovlari (maxsus test sinovlari) bölib ötadi:

magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvçi ta’lim yönalişining maxsus fanlari (ikkitagaça);

Informatika va axborot texnologiyalari;

Özbekistonda demokratik jamiyat quriş nazariyasi va amaliyoti;

çet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yönalişlari bazasidagi mutaxassisliklar uçun ikkinçi çet tili).

Yangi kiritilgan informatika fanidan sinov 50 ballik tizimda baholanadi. Buning natijasida umumiy ballar miqdorida ham özgariş böldi. Magistraturaga öqişga kirişda eng köp (maksimal) töplanişi mumkin bölgan ball endilikda 400 ni taşkil etadi. Ilgari 350 ball edi.

Yana bir özgariş — çet tili fanidan kiriş sinovida qatnaşmasdan maksimal ball beriladigan imtiyozli sertifikatlar soni kengaydi. Ilgari faqat TOEFL böyiça kamida 58 yoki IELTS böyiça kamida 5 ball olganligi töğrisida sertifikati bor abituriyentga avtomatik 50 ball berilar edi.

Endilikda bunda imtiyozli sertifikatlar röyxatiga CEFR böyiça kamida V2 daraja yoki DTM tomonidan beriladigan Çet tilini biliş darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga ham çet tilidan 50 ball qöyiladi va ular çet tilidan kiriş sinovida iştirok etmaydi.