Joriy yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan bölgan uçraşuvda bundan buyon tibbiy ta'lim tizimida jiddiy özgarişlar bölişi, xususan uşbu yildan boşlab hududlar böyiça maqsadli qabul boşlanişi haqida ma'lum qilgan edi.
Keyinçalik 2017 yil 5 may kuni “2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida”gi Prezident qaroriga asosan, Özbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga davlat grantlari asosida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.
2017 yil 20 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi Nizomda maqsadli qabul böyiça tartib belgilandi.
Bugungi kunda tibbiyot oliygohlari birinçi bor yangi tartibda abituriyentlardan hujjat qabul qilişmoqda. Qabul komissiyasi hujjat topşiriş çoğida abituriyentlardan arizasida maqsadli qabul böyiça topşirmoqçimi yoki kontrakt asosidami, şunga aniqlik kiritişni söraşmoqda.
Davlat test markazi saytida maqsadli qabul joylariga topşirilgan hujjatlar alohida, hududlar kesimida körsatib borilmoqda.

Öz-özidan birinçi marta bölayotgan tartib böyiça aholida köplab savollar, tuşunmovçiliklar paydo bölmoqda. Huquqşunos Xuşnudbek Xudayberdiyev öz saytida bu borada eng köp berilayotgan savollarga javob berişga harakat qilgan.
Maqsadli qabulga hudud böyiça doimiy propiska asosida qabul qilinadimi?
Nizomning 10-bandiga asosan, maqsadli qabulda qatnaşmoqçi bölgan abituriyentlar tegişli hududda yaşayotgan bölişi lozim. Agar doimiy propiskasi öşa hududda bölsayu, lekin maqsadli qabulga tuşmaydigan hududda yaşayotgan bölsa, unda öşa abituriyent maqsadli qabulda qatnaşa olmaydi.
















