2017 yilning 3 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga taşrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Jamoatçilik palatasi a'zosi, “Rus gumanitar missiyasi” taşkiloti boş direktori Yevgeniy Primakovni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati bergan xabarga köra, muloqot çoğida Özbekiston-Rossiya munosabatlarining ba'zi masalalari madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş nuqtayi nazaridan muhokama qilingan.

Yevgeniy Primakov özining Özbekistonga taşrifi dasturi töğrisida sözlab bergan. Dasturga köra Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamğarmasi, “Özbekiston-Rossiya” döstlik jamiyatida uçraşuvlar ötkaziş hamda qator obektlarda böliş rejalaştirilgan.

Uçraşuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşildi.