Yakşanba kuni Xorvatiyaning Rab orolida bemor Serjan Smoyver Kalaşnikov avtomatidan psixiatr Sinişu Rakiçga qarata öq uzgan, psixiatrning ayoli esa derazadan taşqariga sakrab, qutulib qolgan. Jutarnji list şu haqida xabar berdi. 

Bemor va şifokor Adriatika dengizidagi Rab oroli Barbat qişloğida joylaşgan köp xonali uylarning birida bölişgan. Yakşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Smoyver şifokor Rakiçga qarata avtomatdan öq uzgan. Psixiatrning turmuş örtoği ikkinçi qavat derazasidan pastga sakrab, qutulib qolgan. Şundan söng bemor öz kvartirasiga qulflanib olib, portlovçi qurilma tayyorlab qöyganini aytgan. 

Respublikaning içki işlar vazirligi iştirokçilar ismi va ularning kabsini körsatmagan holda voqea haqida xabar bergan:

"Politsiya xodimlari kelişi bilan 1969 yilda tuğilgan  gumondor ularga qarata bir neça marta öq uzgan. Voqea röy bergan joy atrofi örab olingan, politsiyaning maxsus otryadi çaqirilgan. Maxsus otryad kelişi bilan 1966 yilda tuğilgan jabrlanuvçi jasadi olib çiqilgan, ölim holati tasdiqlangan", - deyiladi IIV xabarida. 

Idora ma'lumotlariga köra, jabrlanuvçining 1963 yilda tavallud topgan ayoli xavfsiz joyda. Gumondor bilan muzokaralar olib borilmoqda.