Saudiya Arabistonining yangi valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon sönggi bir neça haftalar içida aktivistlar, diniy arboblar va sobiq valiahd şahzoda Muhammad ibn Noifga qarşi yönaltirilgan, özgaça fikrlovçilarga qarşi kampaniya ötkaza boşladi, deb yozadi Wall Street Journal vaziyatdan boxabar amerikalik va saudiyalik mulozimlarga asoslanib.
Muhammad ibn Salmon 21 iyun kuni uning otasi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud valiahdni özgartiriş haqidagi farmonni imzolagandan söng valiahd şahzodaga aylangandi: jiyani Muhammad ibn Noif örniga qirolning 31 yoşli öğli taxt vorisi, deb e'lon qilingandi. Muhammad ibn Noif içki işlar vaziri lavozimidan ham mosuvo böldi, Muhammad ibn Salmon esa mudofaa vaziri lavozimi va hukumatda boş vazir örinbosarligini saqlab qoldi.
Amerika va Saudiya arboblarining Wall Street Journal naşriga ma'lum qilişiça, qirollik oilasining özgaça fikrlovçilarga qarşi kuraşiş kampaniyasiga ba'zi aktivistlar va blogerlarni monitoring qiliş, hattoki ularning ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlariga buzib kiriş ham kiradi. Ba'zi aktivistlar va diniy arboblar IIVga suhbatga ham çaqirilgan. Naşrning manbalariga köra, ulardan biriga agar faoliyatiga yakun yasamasa, zindonband qilinişi tuşuntirilgan.
Gazeta öz xabarlarida tayanayotgan ayrim mulozimlarning aytişiça, yangi valiahd şahzoda Muhammad ibn Noifning harakatlanişini çegaralab qöygan, şuningdek, Muhammad ibn Noif heç qanday ğalamislikka qöl urmasligiga işonç hosil qilib turiş uçun oldingi vorisning tansoqçilarini qirollik oilasiga sodiq askarlar bilan almaştirgan.
Ilgari sobiq valiahd şahzodaga mamlakatdan çiqiş taqiqlab qöyilgani, uning özi esa Jiddadagi saroyida uy qamoğida ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Keyinroq Reyter agentligi Saudiya rasmiylariga asoslanib, bu xabarni rad etgandi.

















