Suriyada mamlakat prezidenti Başar Asad surati tuşirilgan ilk banknotalar muomalaga çiqarildi. Asadning surati yangi 2 ming Suriya funtida (10 dollar) paydo böldi, deb xabar bermoqda Al Sura naşri.
2 ming funtlik banknota Suriyadagi eng yirik pul birligiga aylandi. Bungaça eng yirik banknota ming funtlik kupyura bölgan.
Asad surati tuşirilgan banknotalar muomalaga 2 iyulda çiqarildi. Suriya markaziy bankida ta'kidlanişiça, bu kupyuralar ança avvalroq bosib qöyilgan, biroq uruş va valyuta kurslaridagi tebranişlar sababli muomalaga kiritilmay kelingan.












