Iqtisodiyot | 10:49 / 03.07.2017
13269
2 daqiqa o‘qiladi

«Turonbank» xorijiy investorlarga sotilmaydi

Foto: Nuz.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Turonbank» ATBni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hissalari xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatidan chiqardi. O‘zbekiston davlat rahbari «Iqtisodiyotda xususiy mulk ulushi va ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2015 yil 28 apreldagi Prezident qaroriga o‘zgartishlar kiritdi. 

«Turonbank» ATBning mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. 

«Turonbank» ATB strategik xom-ashyoni birlamchi qayta ishlovchi va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik jamiyatlari hamda tabiiy monopoliyalar sub'yektlari va ijtimoiy mohiyatga ega tovar va xizmatlarni begilangan narxlarda yetkazib beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Prezidentning 2015 yil 21 dekabrdagi xorijiy investorlarning Nizom jamg‘armasidagi ulushini kamida 15 foizga yetkazish qarori ushbu ro‘yxatga ta'sir qilmasligi belgilab qo‘yilgan. 

Shu munosabat bilan «Turonbank» ATB 2017 yil 31 dekabrgacha o‘z tarkibiga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etishi shart bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatidan chiqarildi.

Mavzuga oid