Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yuk aviatashuvi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Tojikiston yaqin vaqt ichida aviaqatnov haqidagi bitimni imzolashi rejalashtirilmoqda. Mazkur hujjat ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi to‘laqonli aviaqatnovlarni mustahkamlashga qaratilgan. News.tj'da shu haqida xabar berildi.
Ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi aviaqatnovga doir kelishuv loyihasini ishlab chiqish joriy yil boshida boshlangan. Loyihaning yakuniy varianti ikki davlat aviatsion rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Iyun oyi boshida Tojikiston hukumati tomonidan yangi qaror imzolanib, unga ko‘ra, mamlakatning TIVga "belgilangan tartibda O‘zbekiston bilan bitimni imzolash sanasi va joyini muvofiqlashtirish" vazifasi topshirilgan.
Zarurat tug‘ilgan taqdirda Tojikiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishi va mamlakat hukumati nomidan imzolanishi qayd etilgan.
Ta'kidlash joizki, Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi muntazam aviaqatnov joriy yilning aprelida boshlangan. Birinchi reys 11 aprel kuni amalga oshirilgan. Toshkent-Dushanbe-Toshkent reyslari O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
TR Transport vazirligining fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anvar Nurovning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida aviayo‘lovchilarni tashishdan tashqari yuk tashish xizmatlari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026