Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi "Özbekistonda yoşlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondaşuv" mavzusiga bağişlandi. Tadbir davomida 30 iyun kuni Toşkent şahrida bölib ötgan Özbekiston “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida kötarilgan masalalar ham muhokama etildi. 

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jurnalistlar yaqinda "Yoşlar" telekanaliga rahbar etib tayinlangan Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga savollar yöllaşdi. Jumladan, ular yaqin kelajakda "Yoşlar" telekanalining formatida qanday özgarişlar bölişi bilan qiziqişdi. 

"Insonni yaqindan bilmay turib, unga toş otiş - eng oson iş. Ança yillardan beri, san'atşunos sifatida sohadagi kamçilik va yutuqlarni beixtiyor kuzatib kelaman. "Yoşlar" telekanalini juda katta özgarişlar kutmoqda. Yaqin kunlarda yangi rejalar, loyihalarni amalga oşirişni maqsad qilganmiz. Albatta, bu men uçun kutilmagan yangilik böldi. Agarda yoşlar bilan oçiq-oydin, mavjud muammolar böyiça uçraşuvlar, anjumanlar taşkil etilsa, bundan xursand bölamiz va bevosita iştirok etamiz", - dedi Ozodbek Nazarbekov.