Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyerga ta'ziya izhor qildi. Ta'ziyanoma matni prezidentning rasmiy sayti president.uz’da e'lon qilindi.
«Bavariya federal yerida yölovçi avtobusi iştirokida yöl-transport hodisasi röy bergani natijasida köplab insonlar halok bölgani va jabrlangani haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildim», deyiladi ta'ziyanoma matnida.
«Sizga çuqur ta'ziya izhor etaman, halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazişingizni sörayman, jabrlanganlarning barçasi tezroq soğayib ketişini tilayman», — degan öz maktubida Mirziyoyev.
Oldinroq xabar berganimizdek, Bavariyada sayyohlik avtobusi falokatga uçraşi oqibatida 18 kişi halok bölgan.
Voqea 3 iyul kuni ertalab Germaniyaning janubidagi A9 şossesida yuz bergan. Saksoniyadan sayyohlarni olib kelayotgan avtobus yuk maşinasi bilan töqnaşib, yonib ketgan. Avtobusda 46 yölovçi va 2 haydovçi bölgan. 30 ga yaqin jabrlanganlar haqidagi ma'lumot darhol berilgan, qolganlarning taqdiri esa yana bir neça soat noma'lum bölib qolgan, ular bedarak yöqolgan, deb hisoblangan. Qutqaruvçilar omon qolganlarni qidirişga vertolyot jalb qilganlar. Avtobanning avariya yuz bergan qismi uzoq vaqtga tösib qöyilgan.











