Taniqli bloger, jurnalist, tarjimon hamda diniy-ma'rifiy ruhdagi qator risolalar muallifi Adham Atajanovning “Bağdodning qulaşi” deb nomlangan kitobi naşrdan çiqdi. Adham Atajanov uzoq vaqt internetda milliy kontenetni boyitiş jabhasida xizmat qilib keladi. Ya'ni, özbek internet jurnalistikasiga öziga yaraşa xissa qöşib kelayotgan şaxslardan. U taşkil qilgan özbek tilidagi önlab ma'rifiy saytlar katta reytinglarga ega bölib, şuning bilan birga juda nodir saytlar hisoblanadi.

Yangi naşrdan çiqqan kitob: “Dilbar adib Abdulla Qodiriy betakror “Ötkan kunlar” romani şunday sözlar bilan boşlaydi: “Moziyğa qaytib iş körmak xayrlik, deydilar”. Haq gap. Zero, tarix - közgu, unda insoniyat öz xatolarini körib, kelajak uçun kerakli xulosalar çiqarib olişdek imkoniyat taqdim etadi...”, deb boşlangan.
Muallif şunday ta'kidlaydi: “Uşbu töplam dunyo tamadduniga beqiyos hissa qöşgan, öz vaqtida musulmon olamining ma'rifi mehvari nomi ila tarixda qolgan Bağdodning tanazzulga yuz tutişi, bunga sabab bölgan omillar haqida”. Kitob tarixga qiziqadigan keng omma e'tiboriga möljallangan.










