Toşkentning «Obod» klubi hujumçisi Şohruz Norxonov ikkinçi davrani poytaxtning boşqa bir jamoasi «Bunyodkor» safida ötkazadi. Bu haqda Tribuna.uz‘ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.
«Obod» klubi xöjayinlari jamoani moliyalaşdan boş tortgaç, jamoa tarqatib yuborilişi ma'lum qilindi va futbolçilarning barçasi erkin agentga aylandi. Şu sababdan jamoaning eng nomdor futbolçi birinçilardan bölib öziga yangi jamoa topgan.
«Bunyodkor» boş murabbiyi Mirjalol Qosimovning şaxsan özi «özbek Neymari» laqabi bilan tanilgan futbolçini öz jamoasiga körişni istagan. Natijada Özbekiston terma jamoasiga nomzod bölgan futbolçilardan biri ikkinçi davrani «qaldirğoçlar» safida boşlaydigan böldi.
Jamoaning boşqa bir yetakçisi, sardor Doniyor Hasanov «Metallurg» bilan kelişib qöygani haqida xabarlar tarqalgan.
Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini töxtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi

















