Toşkentning «Obod» klubi Oliy ligadagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda «Championat.asia» jamoadagi manbaga asoslanib xabar bergan.

Manbaning sözlariga köra, endi klubning Ukrainadan homiylari bor va bu homiylar «Obod»ni moliyalaştiradi. Investorlar aynan kimlar ekani, ular «Obod»ni qay tariqa qölga kiritgani oçiqlanmagan.

«Obod»ni 2-davraga ukrainalik mutaxassis Andrey Demçenko boş murabbiy sifatida tayyorlamoqda. U 1976 yilda tavallud topgan, Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega.

Demçenko öz vaqtida «TsSKA», «Ayaks», «Metallurg-Z» «Iliçevets», «Obolon», «Daçiya», «Gelios» kabi klublarda töp surgan. Murabbiy sifatida Zaparojyening «Imeks» klubida iş boşlagan. 2012 yil «Metallurg-Z» klubida faoliyat körsatgan, keyingi 2 yilda şu klub örinbosarlarini şuğullantirgan.

«Obod» Oliy ligadagi navbatdagi öyinini 5 avgust kuni Namanganning «Navbahor» klubiga qarşi ötkazadi. Jamoa özining uy uçraşuvlarini bungaça «Jar» stadionida ötkazib kelayotgandi. Biroq keyinroq özining uy arenasi rekonstruksiya qilinayotgan «Paxtakor» uşbu stadionni ijaraga oldi. Endilikda «Obod» qaysi stadionda öyinlarini ötkazişi noma'lumligiça qolmoqda.