Toşkent şahri jamoalaridan biri, Oliy Liga iştirokçisi bölmiş «Obod» klubi yopilmaydigan bölgan. Bu haqda klub matbuot xizmatiga asoslangan holda «Ofsayd» naşri xabar tarqatdi.
Xabarga köra, klub matbuot kotibi Furqat Nişonov «Oriat Dono» radiosining «Futbol plyus» eşittirişi orqali klubga yangi homiy kelişi deyarli aniq bölgani va klub 2-davrada öz faoliyatini davom ettirişini aytgan.
«Hozirça batafsil ma'lumot bera olmayman, ammo klubni yangi homiylar sotib olişdi va klub tugatilgani yöq» - degan u.
Boşlovçining «Obod»ning köplab futbolçilari boşqa klublarga ötib ketdi, ularning örni qanday töldiriladi?» - degan savoliga, matbuot kotibi «Istaysizmi-yöqmi davralar oraliğida transferlar çoğida köplab futbolçilar klublardagi körikdan öta olmaydi. Ayni şu futbolçilar orqali boşqa klubga ötib ketgan futbolçilarning örni töldiriliş extimoli katta» - deya javob qaytargan.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda uşbu klub homiy topilmaganligi tufayli mavsumning ikkinçi davrasida yopilişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uşbu xabarlarga isbot sifatida poytaxt klubining futbolçilari Oliy Liganing turli klublariga ötgani keltirilgan edi.
Mavsum yarmida klublardan biri faoliyatini töxtatmoqda. Endi Oliy ligada 15 jamoa qoladi
Ayni vaqtda «Obod» PFK Oliy-Ligada 15 öyinda 9 oçko bilan sönggi örinni band etib turibdi.
















