Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker yiğilişlarni ötkazib yuborayotgan Yevroparlament deputatlarini keskin tanqid qildi. Gap şundaki, u çiqiş qilgan yiğilişda 751 deputatdan 30 nafarigina qatnaşgan. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi.
"Men boşqa bunday majlislarda iştirok etmayman", - dedi Yunker.
Yevrokomissiya rahbari Yevropa parlamentariylarining bunday xatti-harakatlarini "şarmandali" deb atadi.
"Yalpi majlisda muammoni muhokama qiliş uçun bir neça deputatlargina qatnaşişadi. Bu Yevroparlament uçun şarmandali holat. Iştirokçilarining bunday munosabati deputatlarning yiğilişni jiddiy qabul qilmayotganligidan dalolatdir", - dedi Yunker.
"Bu yerda Malta boş vaziri Jozef Muskat emas, Angela Merkel yoki Emmanuel Makron çiqiş qilganda edi, zal tölgan bölardi", - dedi Yevrokomissiya rahbari.
Yevroparlament raisi Antonio Tayani bunga keskin munosabat bildirdi.
"Janob rais, sizdan hurmat bilan munosabatda bölişingizni sörab qolaman. Siz parlamentni tanqid qilişingiz mumkin, biroq parlamentni nazorat qiliş Yevrokomissiya vazifasiga kirmaydi. Aksinça, parlament Yevrokomissiyani nazoratga olişi kerak", - deya ta'kidladi Tayani.
Yevropa Ittifoqi raisligi 1 iyul kuni Maltadan Estoniyaga ötdi.













