Italiyalik fermer Dario Gambarin Verona yaqinidagi dalasida traktor yordamida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ulkan suratini yaratdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali. Bu antiqa suratning eni 150 metrni taşkil qiladi va şu sababli uni ma'lum balandlikdangina köra oliş mumkin.

Surat muallifi öz asarini Gamburgda ötadigan "Katta yigirmatalik" sammitiga atab yaratdi. Ma'lum qilinişiça, sammit vaqtida Putin va AQŞ prezidenti Donald Trampning uçraşuvi bölib ötadi. Ötgan yilgi AQŞdagi prezident saylovlarida Gambarin Tramp va Xillari Klintonning şunday suratlarini yaratgandi. Uning bunday asarlari orasida Rim papasi Frantsisk surati ham bor.

Rassomning aytişiça, u ulkan suratlarni dastlabki hisob-kitoblarsiz, faqatgina ötkir közlari va traktorni boşqariş uquviga işonibgina yaratadi. Biroq fermer asarlari umri qisqagina. Bu esa Putin surati bir neça kundan keyin haydalib taşlanişini anglatadi.