Seşanba kuni Şimoliy Koreya tomonidan ötkazilgan ballistik raketaning birinçi muvaffaqiyatli sinovi AQŞ prezident ma'muriyati va uning ittifoqdoşlariga qaratilgan öziga xos çaqiriq böldi.
KXDRning KRT davlat telekanali xabar berişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In raketaning işga tuşirilişini kuzatar ekan, Pxenyan heç qaçon yadroviy quroldan voz keçmasligi va Vaşingtonga yadro hamda raketa sinovlari körinişidagi "sovğa"larni taqdim etişda davom etişini ma'lum qilgan.
KXDR generaliteti va partiya apparati davlat rahbarining sözlarini hamda qit'alararo ballistik raketaning muvaffaqiyatli sinovini örinlaridan turib olqişlaşgan.
Kim Çen Inning özi olimlarga qarata "Yankilarga kiçik va katta sovğalar ulaşişda davom etavering" deya murojaat qilgan.
Öz örnida, AQŞ va Janubiy Koreya HK Şimoliy Koreyaning harakatlariga javoban Janubiy Koreya hududiy suvlarida yuqori aniqlikdagi raketa sinovini ötkazdi.












