Jahon | 00:42 / 05.07.2017
8743
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tramp prezidentligining har beshinchi kunini golf o‘ynab o‘tkazgan

AQSh prezidenti Donald Tramp shu kungacha o‘z prezidentligining har beshinchi kunini golf-klublarda o‘tkazgan. Bu haqda Trampning inauguratsiyasidan keyin uning golf-klublarga tashriflarini kuzatib borgan NBC News xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, Tramp prezidentligining 165 kunidan 36 kunini golf o‘ynab o‘tkazgan. Asosan Tramp Florida shtatidagi Palm-Bichda golf o‘ynaydi. U, shuningdek, o‘zining Nyu-Jyersi va Vashingtondagi golf maydonlariga ham tashrif buyurib turadi.

The Hill nashrining ma'lum qilishicha, Tramp 4 iyul – AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan dam olish kunini ham golf-klubda o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Ba'zi mansabdor shaxslarning fikricha, Tramp golf o‘yinini diplomatiya quroli sifatida ishlatadi.

Mavzuga oid