«Mançester Yunayted» hujumçisi Ueyn Runi tez orada «Everton» futbolçisiga aylanadi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
31 yoşli futbolçi «Mançester Yunayted» bilan Amerika turnesiga yöl olmagan. U hafta oxiriga qadar sobiq jamoasi «Everton» safiga borib qöşiladi.
Xabar qilinişiça, «Everton» uni erkin agent maqomida qabul qiladi, lekin uning haftalik maoşi miqdori 250 ming funt sterlingni taşkil etadi.
Runi «Everton»ning yoşlar jamoasida 1995 yildan boşlab töp surgan, 2002-2004 yillarda asosiy jamoada öynagan. Şundan söng «Mançester Yunayted»ga ötgan futbolçi 12 mavsumda 253 gol urgan. Uning «qizil iblislar» bilan şartnomasi 2018 yil oxirigaça tuzilgandi.












