2017 yil 5 iyul kuni Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga kelib tuşgan ma'lumotga köra, Çimyon toğ yon bağrida fuqaro B. Kadateskiy yöqolgan. FVV matbuot xizmati ma'lum qilişiça, bu haqida uning turmuş örtoği Snejana tomonidan xabar berilgan.

Snejananing aytişiça, B. Kadateskiy qönğiroq qilib, oyoği singani va FVV tomonidan yordam kerakligi haqida xabar bergan. Şu bilan birga u toqqa çiqiş yönalişini heç kim bilan kelişmay maxsus toğga çiqiş anjomlarisiz va könikmalarsiz piyoda ketganligi aniqlandi. Uşbu xabar olingan zahoti Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qidiruv-qutqaruv işlari uçun 3 ta guruh ajratilgan.

6 iyul kuni esa qidiruv işlariga Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qaraşli aviatsiya kuçlari jalb qilindi.

Hozirgi paytda qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.