Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18-20 sentabr kunlari AQŞga safari davomida kelgusi hamkorlik rejalari böyiça bir qator kompaniya vakillari bilan suhbatlaşgandi.
Ayni paytda ExxonMobil bilan muzokaralar boşlangan bölib, tomonlar bölajak loyihalarni körib çiqmoqda. Özbekiston yangi sarmoyalarni neft-gaz qazib çiqariladigan hududlarni geolograzvedka etiş işlariga jalb etişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, ma'lumotlarga köra, Özbekiston hukumati neftni qayta işlaş zavodlari qoşidagi bazalardan birida mamlakat yengil sanoati uçun poliester işlab çiqariş böyiça investitsion loyihani tayyorlamoqda. Barça muzokaralar muvaffaqiyatli ötsa, joriy yilning oktabr-noyabr oyida ExxonMobil rahbari yakuniy şartnomalarni imzolaş uçun Özbekistonga kelişi kutilmoqda.
Şunday qilib, Özbekiston 2020 yilga qadar 38ta turli darajadagi neft-gaz işlab çiqariş loyihalarini amalga oşirişni rejalaştirgan bölib, ularning umumiy qiymati 20,6 milliard AQŞ dollarini taşkil etadi.
Ma'lumot uçun, ExxonMobil Jon Rokfellerga tegişli bölgan Standart Oil kompaniyasining huquqiy merosdori hisoblanib, kompaniyani bir paytlar hozirgi AQŞ Davlat kotibi Reks Tillerson ham boşqargan.
















