Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Germaniya hukumati unga Gamburgdagi G20 sammiti vaqtida öz yurtdoşlari oldida nutq sözlaşni taqiqlaş qarorini tanqid qildi. U bu haqda Zeit nemis naşriga bergan intervyusida aytib ötdi. 

"Germaniya öziga qasd qilmoqda", deb aytgan Erdöğan. Uning aytişiça, Germaniya bu xatosini töğrilaydi.

Erdöğanning fikriça, nemis OAV Turkiyani yomonotliq qiliş böyiça kampaniya olib bormoqda va terrorçilarni qöllab-quvvatlaydi. "Agar biz Germaniya bilan munosabatlarimiz çok-çokidan yirtilayotgani haqida savol bersak, unda aniq aytaman: nemis OAV bizga qarşi kampaniya olib bormoqda, buning bir qismi terrorçilar bilan suhbatlar hisoblanadi", deb ta'kidlab ötgan Erdöğan. 

Uning aytişiça, Berlin Anqaraga Turkiyadagi davlat töntaruviga urinişni amalga oşirişda gumonlanayotgan kimsalarni berişdan boş tortmoqda va  terrorçilikni oçiqçasiga qöllab-quvvatlamoqda. "Siz bu terrorçilarni Turkiyaga berişingiz kerak. Bu yuz bermagunça, Turkiya Germaniyaga terrorçilarni himoya qiluvçi davlat sifatida qaraydi. Siz buni bilişingiz kerak", deb aytgan Erdöğan. 

Erdöğan OAVni ham keskin tanqid ostiga oldi. Uning fikriça, "dunyoda heç qayerda mustaqil OAV yöq". "Ma'lum ma'noda ularning barçasi mafkuraviy borada tobedir, yoki öz manfaatlarini közlaydi. Agar mustaqil OAV mavjud bölganda, bizda bunday muammolar bölmasdi, çunki biz aniq körmoqdamiz: ular burinlarini şamol böyiça tutmoqdalar", deb qöşimça qilgan Erdöğan.

Iyun oxirida nemis hukumati Anqaradan Erdöğan va turk fuqarolari iştirokida Gamburgda tadbir ötkaziş murojaatini olgan. 29 iyunda bu murojaat rad etilgan. 30 iyunda Germaniya hukumati barça xorijiy siyosatçilarga Germaniyada saylovoldi taşviqoti olib borişni taqiqlagani ma'lum bölgan.