Rossiyalik şaxmat ustasi Garri Kasparov sport faoliyatini qayta boşlab, Sent-Luisdagi (AQŞ) Grand Chess Tour musobaqasining 3-bosqiçida iştirok etadi.
Mukofot jamğarmasi 300 ming dollarni taşkil qiladigan musobaqa 2-12 avgust kunlari bölib ötadi. Unda butun dunyodan kuçli şaxmatçilar iştirok etadilar. Kasparov esa asosiy musobaqalardan keyin 14-19 avgustlari ötadigan rapid va blits yönalişlarida bellaşadi. Bunda unga 9 şaxmatçi, jumladan rossiyalik Sergey Karyakin va Yan Nepomnyaşiy raqiblik qiladi.
"Öyinga rasman qaytiş oldidan hayajon his qilmoqdaman va bu faoliyatim tugagandan 10 yil keyin bölişini kutmagandim. Sent-Luisda şaxmat taxtasiga qaytiş çinakamiga şarafdir, men bu lahza boşqa yerda yuz berişini istamasdim", deb aytgan 54 yoşli Kasparov.
Kasparov tarixdagi eng kuçli şaxmatçilardan biri hisoblanadi. U şaxmatlar böyiça 13-jahon çempioni hisoblanadi va bu unvonni 1985 yildan 1993 yilgaça özida saqlab kelgan. Kasparov 2005 yilda şaxmatçilik faoliyatini yakunlaşini e'lon qilgandi.












