
Bugun, 6 iyul kuni Qozoğiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev tavallud ayyomini nişonlamoqda. Tengrinews şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
77 yil avval xuddi şu kuni Çemolgan qişloğida Abiş va Aljan Nazarboyevlar oilasida uzoq kutilgan öğil farzand dunyoga kelgan.

"Farzand tuğilgan kuni qarindoş-uruğlar turli ismlarni taklif qilişgan. Oxir-oqibat bolaning buvisi özining yakuniy qarorini aytgan: "Nevaram bir vaqtning özida ikki ism egasi bölsin - Nur va Sulton, uning ismi Nursulton bölsin". - Davlat rahbarining şaxsiy sahifasida şunday ma'lumotlar taqdim etilgan.
Nursulton Nazarboyev Qozoğistonni mustaqil davlat sifatidagi birinçi kunlaridanoq boşqarib keladi. U 1991 yil 1 dekabrda saylovçilarning 98,7 foiz ovoziga ega bölib, Prezident sifatida e'lon qilingan.

Davlat rahbarining 2015 yil 26 aprelda bölib ötgan sönggi navbatdan taşqari saylovlarida amaldagi prezident yana bir bor ğolib böldi.
Nursulton Nazarboyevning lavozimlari: Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti (Millat otasi), QR Qurolli kuçlar oliy boş qömondoni, Qozoğiston xalq assambleyasi raisi, "Nur otan" partiyasi raisi, Jahon qozoqlar assotsiatsiyasi, QR Xavfsizlik kengaşi raisi, QR prezidenti huzuridagi Xorijiy sarmoyaçilar kengaşi raisi, Işbilarmonlar kengaşi raisi, Milliy fond boşqaruvi kengaşi raisi, Arxitektura kengaşi raisi, Nazarboyev Universiteti Oliy vasiylik kengaşi raisi.

Nursulton Nazarboyev qator kitoblar va maqolalar muallifidir. U köplab sovet, qozoq va xorijiy orden hamda medallar bilan mukofotlangan.
Davlat rahbari rasmiy lavozimlaridan taşqari, qator ilmiy unvon va maqomlarga ham ega. Nazarboyev Kembrij universitetining (Buyuk Britaniya) nufuzli professori, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining nufuzli doktori hisoblanadi. Şuningdek Nursulton Nazarboyev - "Yevroosiyo olimlar iqtisodiy klubi" assotsiatsiyasining nufuzli prezidenti.





















