Amerikaliklarning aksariyati aholisining köpçiligi musulmonlardan taşkil topgan mamlakatlar fuqarolarini AQŞga kiritmaslik böyiça hukumat taqiqini qöllab-quvvatlaydi. Politico gazetasi buyurtmasi böyiça Morning Consult tadqiqot firmasi tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov natijasiga köra, ovozlar 60/28 nisbatda Donald Tramp ma'muriyati foydasiga taqsimlangan. Mazkur taqiq Eron, Liviya, Somali, Suriya, Sudan va Yamanga tegişlidir. 

Gazeta olingan natijalarni izohlar ekan, "amalda bu siyosat prezident şaxsiyatidan farqli ravişda ança maşhurroq bölişi mumkin", degan fikrni ilgari surmoqda. Çunki, Trampning şaxsiy reytingi ayni vaqtda 40 foizlik körsatkiç atrofida. 

Ijtimoiy sörov 29-30 iyun kunlari ötkzilgan bölib, unda 2 ming atrofida kişi iştirok etgan.