Germaniyaning Hamburg şahrida 6-7 iyul kunlari ötkaziladigan «Katta yigirmatalik» davlatlari yetakçilari sammiti arafasida minglab kişilar norozilik namoyişlari uyuştirmoqda. Bu namoyişlar «Jahannamga xuş kelibsiz» şiori ostida birlaştirilgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Jinping va boşqa yirik davlatlar rahbarlari şaharga kelganida, namoyişlarning avj pallasida uning iştirokçilari soni 100 ming nafarga yetişi kutilmoqda.
Germaniyaning ikkinçi yirik şahrida ayni vaqtda 20 ming nafar politsiyaçi xavfsizlikni ta'minlaş işlariga jalb qilingan, qölga olinadiganlarni saqlaş uçun maxsus markazlar taşkil etilgan va bunday markazlarning har biri 400 kişi uçun möljallangan.

«Jahannamga xuş kelibsiz» aksiyalari taşkilotçisi Andreas Blexşmidt namoyişçilar bu orqali G20 olib borgan siyosat dunyo böylab oğir oqibatlarga, oçlik, uruşlar va halokatlarga olib kelganini bildirmoqçi. U AFP muxbiriga aytişiça, namoyişlar faollari sammit ötkaziladigan hududga borişni rejalaştirgan, ular politsiya bilan töqnaşuvlarga tayyor.
Hamburg şahri rahbariyati şahar içida va aeroport bilan boğlovçi yölda mitinglar ötkazişni taqiqlagan.
Quyida bir neça kun oldin boşlangan namoyişlar lavhalari keltiriladi.

Namoyiş faollari bir neça kundan buyon şahar markazi yaqinidagi xiyobonda taşkil qilingan lagerda tunamoqda

Hamburg ğarbida çorşanba kuni keçasi politsiya yölni tösib qöyiş uçun yiğilganlarni tarqatiş uçun közdan yoş sizdiruvçi gaz qölladi

2 iyul kuni Greenpeace guruhi faollari Angela Merkel surati tuşirilgan bannerni kömir taşuvçi kemaga yopiştirib, bu orqali uni kömir va atom energiyasidan foydalanişni töxtatib, xavfsiz energiyaga ötişga çaqirişdi



















