Amerika razvedkasi 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda rossiyalik josuslar soni oşgan, deb hisoblaydi. Bu haqida 6 iyul kuni CNN telekanali xabar berdi. 

Telekanal manbalari Qöşma Ştatlari hududida Rossiyadan kelgan 150 josus aniqlangani haqida ma'lumotga ega. Ularning ta'kidlaşiça, 2016 yilning dekabrida AQŞdan 35 diplomati çiqarib yuborilganidan keyin Rossiya razvedkasi öz kuçlari sonini köpaytirişga kirişgan. 

Markaziy razvedka boşqarmasining maxsus operatsiyalar böyiça sobiq rahbari Stiv Xollning telekanalga bildirişiça, rossiyalik josuslarning maqsadi - "Moskva uçun tuşunarsiz bölgan" AQŞ prezidenti Donald Tramp haqida ma'lumot töplaş.