Andijon viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan yöl-transport hodisalarining oldini oliş va transport vositalarini boşqarişda yöl-harakati qoidalariga rioya etişlarini aniqlaş maqsadida avtoreydlar ötkazib kelinmoqda.
Soha hodimlari tomonidan yilning ötgan 6 oyi davomidagi avtoreydlar natijasida 1786 şaxs transport vositasini mast holatda boşqargani aniqlangan. Bundan taşqari, 7639 haydovçi belgilangan tezlik me'yorlarini oşirgan. 1250 kişi svetoforning ta'qiqlovçi çiroğiga rioya qilmagan bölsa, 30973 kişi xavfsizlik kamarini taqmay harakatlangan.
Mazkur holatlar böyiça haydovçilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar tuzildi, deb xabar qiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.












