Germaniya federal kansleri Angela Merkel Hamburgdagi G20 sammiti doirasida AQŞ va Rossiya prezidentlari örtasida vositaçi bölişdan boş tortdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot çoğida ma'lum qildi.
«Bizning aniq nuqtai nazarimiz bor, şu jumladan, Ukrainadagi vaziyat böyiça ham. Bu jihatdan biz Normand formatida sa'y-harakatlarni amalga oşirmoqdamiz, şu jumladan, AQŞ bilan birga ham yeçim topişga urinmoqdamiz», — deya frau Merkelning sözlarini keltirgan Deutsche Welle.
U öz vazifasini vositaçilikda körmayotgani, muammo yeçimiga hissa qöşişni istaşi haqida qöşimça qilgan.
Merkel xonim Hamburg sammiti doirasidagi muloqotlar Suriyadagi vaziyat böyiça ham olğa siljişlar bölişiga umid qilgan.
Bundan taşqari, Germaniya rahbarining sözlariga köra, sammit davomida Kiyev va Moskvaning pozitsiyalarini yaqinlaştiriş uçun harakatlar amalga oşiriladi.
Rossiya va AQŞ prezidentlari sammit doirasida bugun, Toşkent vaqti bilan soat 18:45da uçraşuv boşlaydi. Bu ikki yirik siyosatçining ilk uçraşuvi böladi.












