Qozoğiston superqudratli davlat bölişga da'vogar emas. Davlat rahbari Nursulton Nazarboyev şunday bayonot bilan çiqdi. Nur.kz şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.

"Biz 18 million aholiga ega kiçik mamlakatmiz. Darvoqe, 1994 yilda biz 14 millionga kamayganmiz. Şunday bölsa-da, ulkan hududga egamiz - dunyoda 9-örin.

Şu bois qandaydir katta ambitsiyalar bilan superqudratli davlat böliş niyatimiz yöq, lekin biz qöşni mamlakatlarning barçasiga birdek yaxşi munosabatdamiz", - dedi Nazarboyev "Rossiya-24" telekanalida taqdim etilgan intervyuda. 

Şu örinda davlat rahbari Qozoğistonda 100 dan ortiq elat vakillari istiqomat qilişini ta'kidlab ötdi. 

"Ularning bariga birdek yaşaş şaroiti, qonunlar yaratilgan. Şu bois kerak paytda bizga murojaat qilişadi", - dedi u.