Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida iştirok etiş uçun Germaniyaning Hamburg şahriga keldi. Rossiya rahbari sammit doirasida öndan ortiq davlat rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.

Sammit 7-8 iyul kunlari mobaynida bölib ötadi. Rossiya prezidenti turli mavzularga bağişlangan işçi yiğilişlarda va terrorizmga qarşi kuraş masalasidagi uçraşuvlarda qatnaşadi.

Bu sammitdagi asosiy voqea Putinning AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvi bölişi kutilmoqda. U Fransiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Avstraliya rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazadi.

Sammit arafasida Germaniyadagi Handelsblatt gazetasi Putinning xalqaro maydondagi hamkorlik haqidagi fikrlari keltirilgan maqolani çop etdi. Putinning fikriça, G20 ötgan yillar mobaynida köplab masalalarni hal qildi va moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar oqibatlariga qarşi kuraşişda muhim ahamiyat kasb etdi.