Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Tramp birinçi marta G20 doirasida ilk marta yuzma-yuz kelişdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki siyosatçi qöl siqişib, salom-alik qilgani haqida xabar berdi.
«Ular özaro qöl siqişib körişişdi va bir-birlariga tez orada alohida uçraşuv ötkazişlarini aytişdi», - dedi Peskov.

Peskov Trampning Putin bilan uçraşuvni sabrsizlik kutayotganiga doir sözlariga izoh berar ekan, RF prezidenti ham amerikalik hamkasbi bilan böladigan uçraşuvni sabrsizlik bilan kutayotgani va u bilan muhokama qilinadigan masalalar köpligini bildirgan.




Germaniyada bugun katta yigirmatalik davlatlari rahbarlari iştirokidagi sammit boşlandi. Nufuzli tadbir Hamburg şahrida bölib ötmoqda. Uning markaziy voqeasi sifatida AQŞ va Rossiya prezidentlari Donald Tramp hamda Vladimir Putinning uçraşuvi bölişi kutilmoqda.
Rasmiy suratga tuşiş marosimidan keyin har ikki davlat rahbarlari bitta zalda bölişdi va ular ilk marta yuzlaşişdi.
Ikki siyosatçining rasmiy uçraşuvi bugun Toşkent vaqti bilan soat 18:45da boşlanadi va taxminan yarim soat davom etadi. Ikki yetakçining uçraşuvi keça tungaça qaysi vaqtda bölişi aniq emasdi, çunki Putinning grafigi juda tiğiz bölgan. Amerikaliklar keçroq aloqaga çiqişgani uçun Putin ba'zi uçraşuvlarini qoldirişi mumkin.
Şu örinda Tramp ham Putin bilan uçraşuv sabab xalqaro iqlim böyiça yiğilişni ötkazib yuboradi. Putin va Tramp Suriya hamda Ukrainadagi holat töğrisida gaplaşişadi.











