Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari xorijda işlab çiqarilgan katta miqdordagi kontrafakt elektr iste'moli hisoblagiçlarining Özbekistonga noqonuniy yöl bilan olib ötilişining oldini olişdi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Viloyatda qöşma korxonalardan birining nomiga temir yöl orqali yuborilgan konteynerlardan biri örnatilgan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda, unda yöl-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilganidek “jinsi” matolari keltirilganligi aniqlandi.

Lekin uşbu matolar orasida esa yöl-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 2120 dona elektr hisoblagiç yaşirilganligi foş böldi. Bu ham yetmaganidek, Xitoyda kontarafakt tarzda işlab çiqarilgan uşbu qurilmalarning aksariyatiga xaridorlarni çalğitiş maqsadida “Elektron hisoblagiç MÇJ şaklidagi özbek-xitoy qöşma korxonasi. Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan”, degan yozuvlar qayd qilingan. 

Bundan taşqari, har bir qadoqlangan qurilmalarga hisoblagiç pasportlari va Özbekiston Milliy sertifikatsiya tizimi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlik sertifikatlari ilova qilingan. 

Dastlabki suriştiruvlar davomida ma'lum bölişiça, mazkur kurilmalarning taxminiy qiymati 300 mln. sömdan oşadi.

Olib borilgan tekşiruvlar va suriştiruv işlari davomida, uşbu hisoblagiçlar kontrafakt tovarlar ekanligi aniqlanib, qonuniy tarzda faoliyat yuritayotgan korxonalarga tegişli savdo belgilari ostida, uşbu işlab çiqaruvçilarning huquq va manfaatlarini poymol qilgan holda işlab çiqarilgan, barça texnik pasportlar va muvofiqlik sertifikatlari qalbakilaştirilgan.

Ya'ni, bir muhim jihat şundaki, hisoblagiçlar orasidagi DDS28u rusumlilarini işlab çiqariş 2016 yildan boşlab töxtatilgan. Ekspertlarning xulosasiga köra, mazkur kontrafakt tovarlar elektr energiyasidan foydalaniş davomida körsatkiçlarni yuqori körsatib, tez işdan çiqadi va örnatilgan texnik talablarga javob bermaydi.

Özbekiston Respublikasi xududiga noqonuniy olib kirilgan uşbu kontrafakt tovarlar holati yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoiy iş qözğatilib, hozirda tergov işlari olib borilmoqda. 

Barça kontrafakt tovarlar olib qöyilgan va bojxona omboriga joylaştirilgan.