Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida Töraqörğon tumaniga bordi.
Prezident Töraqörğonda öz taklifi asosida taşkil etilayotgan, Işoqxon Ibratga bağişlangan sölim boğ, yodgorlik majmuasi va «Ibrat maktabi»ni borib körgan.
«Boğ odamlarning mazmunli hordiq çiqarişiga qulaylik yaratiş bilan ma'naviy olamini ham boyitadi. Bu yerda ma'rifatparvar bobomizning haykali örnatiladi. Muzey Işoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati bilan taniştiradi. «Ibrat maktabi»da yoşlar xorijiy tillarni örganadi. Bularning barçasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uçun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlaş, merosini öqib-örganiş va tarğib qilişda muhim örin tutadi», deyilgan ÖzA xabarida.
Davlat rahbari mazkur kompleksni mazmun jihatidan takomillaştiriş, til örgatiş böyiça maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoşida taşkil etiş, bu yerda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni ixtisoslaştirilgan tarzda örgatiş zarurligini ta'kidladi. Öqituvçi va öquvçilarga zarur şaroitlar yaratiş, majmua atrofini obodonlaştiriş böyiça körsatmalar berdi.
«Gap yoşlar tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada şoşmaslik, yoşlar va ota-onalarning talab-istaklaridan kelib çiqib, har tomonlama puxta öylab iş tutiş kerak», dedi Prezident.












